Binance birjasida Bitkoin narxi $118 mingdan oshdi

Kriptovalyuta kecha, 10-iyulda ham rekordni yangilagan edi

Binance birjasida Bitkoin narxi $118 mingdan oshdi

Bitkoin kriptovalyutasining qiymati tarixiy yuqori cho‘qqini yangilab, ilk bor $118 mingdan oshib ketdi. Bu ma’lumot Binance kripto birjasida qayd etilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:50 da kriptovalyuta narxi $118 342 ga yetdi. Soat 12:35 da esa $117 950 ni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, oldingi narx cho‘qqisi 10-iyulda qayd etilgan edi. O‘shanda Binance’da bitkoinning USDT steyblkoini juftligidagi kursi $113,3 minggacha ko‘tarilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi