“Air China” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo’lga qo’ydi

Reyslar haftada uch marta amalga oshiriladi

“Air China” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo’lga qo’ydi

Xitoyning “Air China” milliy aviatashuvchisi Pekin — Toshkent — Pekin yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi va bu orqali ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirdi, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

19-iyul kuni soat 19:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga aviakompaniyaning birinchi reysi kelib qo‘ndi. Boeing-737 laynerida yetib kelgan ekipaj va yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va gullar bilan kutib olindi.

Parvozlar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Kompaniya iyul oyi boshida O‘zbekistonda muntazam parvozlari uchun ruxsat olgandi.

“Air China” — Xitoyning eng yirik va asosiy aviatashuvchisi bo‘lib, u jahoning 6 qit’asiga, jumladan. 210 dan ortiq yo‘nalish bo‘ylab parvozlarini amalga oshiradi. “Star Alliance” a’zosi hisoblanadigan kompaniya 1988-yilda tashkil etilgan va Pekin aeroportida joylashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi