O‘zbekistonda 9-avgustdan boshlab $500 gacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin

Avval banklardan hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan naqd chet el valyutasi miqdori $100 bilan cheklangan edi

O‘zbekistonda 9-avgustdan boshlab $500 gacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin

O‘zbekistonda fuqarolar banklardan $500 gacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotib olishi mumkin. Tegishli hujjat 9-avgustdan kuchga kirdi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga ko‘ra, endilikda $500 gacha naqd xorijiy valyuta xarid qilishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

Avval banklardan hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan naqd chet el valyutasi miqdori $100 bilan cheklangan edi.

Kapital.uz avvalroq bu haqdagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgani haqida xabar bergandi. Yirikroq bitimlar bo‘yicha tekshiruv tartibi o‘zgarishsiz qoladi. Bank xodimlari fuqaroning shaxsini aniqlashi, vakillarning vakolatlarini tekshirishi va yakuniy benefitsiarni belgilashi shart. Shuningdek, banklar operatsiyalarning mijoz profiliga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tranzaksiyalarning maqsadini tahlil qilishda va mablag‘larning kelib chiqish manbasini kuzatishda davom etadilar.

Eslatib o‘tamiz, to‘rt oyda O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab $20,4 mlrdga yetib, aholi va biznes vakillari banklarga $18 mlrd sotgan. 

Mazkur koʻrsatkich 2025-yil mos davriga nisbatan $4,6 mlrdga yoki 33,9% ga oʻsgan. Shundan aholi $8,2 mlrd, tadbirkorlar $9,8 mlrd xorijiy valyutalar sotuvini amalga oshirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Xitoy avtomobil qatnovlaridagi ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga kelishib oldi
/
O‘zbekiston va Xitoy avtomobil qatnovlaridagi ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga kelishib oldi
Markaziy bank raqamli so‘mni 2029-yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqda
/
Markaziy bank raqamli so‘mni 2029-yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi