To‘rt oyda O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab $20,4 mlrdga yetdi

Aholi va biznes vakillari esa banklarga $18 mlrd sotdi

To‘rt oyda O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab $20,4 mlrdga yetdi

Oʻzbekistonda xorijiy valyuta taklifi talabga nisbatan tezroq oʻsmoqda. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lumot berildi.

2026-yil yanvar-aprel oylarida aholi va korxonalar banklardan $20,4 mlrd sotib oldi. Bu 2025-yil mos davriga nisbatan $4 mlrdga (24,3% ga) koʻp.  Joriy yilning dastlabki toʻrt oyida korxonalar $16 mlrd, jismoniy shaxslar $4,4 mlrd xarid qilgan.

Hisobotda chet el valyutasi sotuvi xariddan koʻra tezroq oʻsayotgani oydinlashgan. Yanvar-aprel oylarida aholi va biznes vakillari banklarga $18 mlrd sotgan. Mazkur koʻrsatkich 2025-yil mos davriga nisbatan $4,6 mlrdga yoki 33,9% ga oʻsgan. Shundan aholi $8,2 mlrd, tadbirkorlar $9,8 mlrd xorijiy valyutalar sotuvini amalga oshirgan.

Markaziy bank hisob-kitoblariga qaraganda, toʻrt oylik valyuta ayirboshlash kursi 11 938 – 12 320 soʻm/AQSH dollari diapazonida tebrangan. Hisobot davri yakunlari boʻyicha soʻm qadri 0,6% ga (12 004 soʻmdan 11 938 soʻmgacha) oshgan.

Mazkur davrda almashuv kursi tebranuvchanligi oʻrtacha 28,5 soʻmni yoki 0,23% ni tashkil etdi. 2025-yilning yanvar-aprel oylarida mazkur koʻrsatkich 13,6 soʻm yoki 0,11% ga teng boʻlgan, deyiladi regulyator sharhida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilarining oyligi oshirilib, yangi ustamalar joriy etiladi
/
Musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilarining oyligi oshirilib, yangi ustamalar joriy etiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
Soliq qo‘mitasi: umumiy ovqatlanish va savdo korxonalari soddalashtirilgan QQS tizimiga 1-iyuldan o‘tishi mumkin
/
Soliq qo‘mitasi: umumiy ovqatlanish va savdo korxonalari soddalashtirilgan QQS tizimiga 1-iyuldan o‘tishi mumkin