Zangiota tumanida kichik GES ishga tushirildi

Stansiya 1,3 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin

Zangiota tumanida kichik GES ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida quvvati 320 kVt bo‘lgan kichik GES ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Damariq kanali hududida tadbirkor tomonidan quvvati 640 kVt bo‘lgan kichik gidroelektr stansiyasi qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning birinchi bosqichi — 320 kVt quvvati ishga tushirildi.

Kichik GES to‘liq quvvatda ishga tushgandan so‘ng yiliga o‘rtacha 3,2 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu 1,3 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Ushbu elektr stansiya ochilish marosimi doirasida kichik GES qurishga qiziqish bildirgan tadbirkorlar uchun maxsus seminar-trening ham tashkil etildi.

Toshkent viloyatida hokim qarori bilan 45 ta yangi mikro gidroelektr stansiya (GES) qurish uchun 3,23 gektar yer maydoni ajratilgan edi. Mikro gidroelektr stansiyalar, katta masshtabda quriladigan GESlardan farqli ravishda, ayniqsa, qishloq joylarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Jami 248 ta hududda ana shunday inshootlar qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi