YTTB O‘zbekistonga xususiy sektor uchun 1,1 mlrd yevro ajratadi

Bankning mamlakatdagi loyihalarining umumiy portfeli 5,5 mlrd yevrodan oshdi

YTTB O‘zbekistonga xususiy sektor uchun 1,1 mlrd yevro ajratadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan xalqaro moliyaviy institut o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

YTTBning O‘zbekistonga investitsiyalari 5,5 mlrd yevrodan oshdi. Bank 2025-yilda O‘zbekistonga yana 1,1 mlrd yevro ajratishi ma’lum qilindi. Uning katta qismi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Davlat rahbari hamkorlik natijadorligini oshirish muhimligini ta’kidlab, uning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Suv ta’minoti tizimini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish dasturini ilgari surish, ipoteka bozorini, erkin iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes imkoniyatlarini kengaytirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlar shular jumlasidan.

Ta’lim va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ilgari surish, sun’iy intellektni joriy qilish va raqamli transformatsiyaga qaratilgan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi