Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Ushbu qadam mamlakatni yanada iqtisodiy rivojlantirish uchun uning resurslaridan foydalanish imkonini beradi

Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Bugun, 21-yanvar kuni Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi

Xususan, $7 mlrd ustav kapitaliga ega Yevroosiyo taraqqiyot bankining asosiy maqsadi a’zo davlatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘lib, bu yo‘nalishda bank “yashil iqtisodiyot”, transport-logistika, muqobil enegretika, raqamli transformatsiya, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha investitsion faoliyatni olib borishga qaratilgan. 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Bank 2016-yildan buyon mamlakatda $15 mlrd miqdoridagi loyihalarni moliyalashtirgan. Shuningdek, bank a’zo davlatlar milliy valyutasida hisob kitoblarni amalga oshirish tizimini ham yo‘lga qo‘ygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi