O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

2026-yildan boshlab bir qator to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

Prezidentning “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Jumladan:

  • davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;
  • elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
  • alkogol va tamaki mahsulotlari xaridi;
  • AYoQShlarda neft-gaz mahsulotlari sotib olish hamda elektrotransportlarni quvvatlantirish xizmatlari;
  • qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar;
  • ko‘chmas mulk savdosi, shuningdek ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifasidagi transport vositalari hamda maxsus avtomobillar oldi-sotdisi.

Unga ko‘ra, uy-joy va avtomobillarni naqd pulga sotish amaliyoti to‘xtatiladi, savdo faqat naqdsiz tarzda amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi