O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YIMning 22,9% ini tashkil etdi

Uning ulushi o‘tgan yilning mos davridagi 26,1%dan 22,9%gacha kamaygan

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YIMning 22,9% ini tashkil etdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi 245,48 trln so‘mni (taxminan $20,6 mlrd) tashkil etdi. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) 22,9%iga teng. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmi 1,072 kvadrln so‘mni tashkil etib, iqtisodiyotning real o‘sishi 8,5% bo‘lgan. Shundan 245,48 trln so‘mi kuzatilmaydigan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich YIMning 26,1%ini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida uning ulushi 22,9%gacha qisqargan.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot ikki qismdan iborat:

  • uy xo‘jaliklari faoliyati — 165,47 trln so‘m yoki YIMning 15,4%i;
  • yashirin iqtisodiyot — 80,02 trln so‘m yoki 7,5%.

Statistikaga ko‘ra, ushbu ikki segmentning o‘zaro ulushi yilning birinchi choragiga nisbatan deyarli o‘zgarmagan.

Tarmoqlar kesimida kuzatilmaydigan iqtisodiyotning eng katta ulushi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelib, 60,5%ni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda:

  • xizmatlar sohasi — 23%;
  • qurilish — 17,8%;
  • sanoat — 6,7%.

Yil boshiga nisbatan qishloq xo‘jaligidagi ulush 81,1%dan, qurilishda 23,9%dan, xizmatlar sohasida esa 24,5%dan pasaygan. Sanoatdagi ko‘rsatkich esa deyarli o‘zgarmagan.

Ma’lumot uchun, 2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi 498 trln so‘mni (taxminan $39,62 mlrd) yoki YIMning 26,9%ini tashkil etgan. Shundan 351,04 trln so‘m uy xo‘jaliklari faoliyati, 147 trln so‘m esa yashirin iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun $463 mln yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun $463 mln yo‘naltiriladi
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,5% ga oshdi
/
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,5% ga oshdi
Dollar kursi 2025-yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi
/
Dollar kursi 2025-yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi