Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Aviakompaniya Chelyabinskga 4-dekabrdan, Tyumenga esa 2027-yil 3-yanvardan muntazam parvozlarni boshlaydi

Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Centrum Air aviakompaniyasi Rossiyaga ikkita yangi yo‘nalishni ochmoqda. 2026-yil 4-dekabrdan Toshkentdan Chelyabinskga, 2027-yil 3-yanvardan esa Tyumenga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Chelyabinskga parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi taxminan 2 soat 40 daqiqani tashkil etadi.

  • C6957: Toshkent 00:30 — Chelyabinsk 03:10
  • C6958: Chelyabinsk 04:20 — Toshkent 07:05

Tyumenga parvozlar esa haftasiga bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi taxminan 3 soatni tashkil etadi.

  • C6447: Toshkent 13:00 — Tyumen 16:00
  • C6448: Tyumen 17:30 — Toshkent 20:30

Jadvalda barcha vaqtlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan. Har ikki yo‘nalishda Airbus A320 oilasiga mansub samolyotlardan foydalaniladi.

Borib-kelish aviachiptalari narxi Chelyabinsk yo‘nalishida 4,4 mln so‘mdan, Tyumen yo‘nalishida esa 4,8 mln so‘mdan boshlanadi. Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy sayti va Centrum Air mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

Yangi reyslarning yo‘lga qo‘yilishi bilan Centrum Air Rossiyadagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi. Janubiy Ural va G‘arbiy Sibir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning ochilishi qarindoshlarini ko‘rish, xizmat safari yoki boshqa maqsadlarda safar qilayotgan yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.

Bundan tashqari, Chelyabinsk va Tyumendan Toshkent orqali uchadigan yo‘lovchilar Centrum Air yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa mamlakatlarga ham qulay tranzit reyslar bilan sayohatlarini davom ettirishlari mumkin. Jumladan, Maldiv orollari, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Tailand, BAA va boshqa davlatlarga parvoz qilish imkoniyati mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xorijiy elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar O‘zbekistonda 232,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi
/
Xorijiy elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar O‘zbekistonda 232,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi
Buxoroda $137 mlnlik kongress-xoll va ikkita mehmonxona qurilmoqda
/
Buxoroda $137 mlnlik kongress-xoll va ikkita mehmonxona qurilmoqda
Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda
/
Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda