Xorijiy elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar O‘zbekistonda 232,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi
2026-yilning to‘qqiz oyida xorijiy kompaniyalardan tushgan soliq tushumlari 85% ga oshdi
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 109 ta xorijiy kompaniya davlat budjetiga jami 232,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85ga ko‘p. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Xorijiy kompaniyalar orasida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya Apple bo‘ldi. U budjetga 54,2 mlrd so‘m o‘tkazgan. Ikkinchi o‘rinni 52,6 mlrd so‘m bilan Google, uchinchi o‘rinni esa 46,7 mlrd so‘m bilan Meta egalladi.
Eng yirik soliq to‘lovchilar o‘ntaligidan quyidagi kompaniyalar ham joy oldi:
- Valve Corp. — 22,8 mlrd so‘m;
- Anthropic — 14 mlrd so‘m;
- OpenAI — 10 mlrd so‘m;
- Midasbuy — 4,8 mlrd so‘m;
- Booking.com — 4,2 mlrd so‘m;
- TikTok — 2,4 mlrd so‘m;
- Anysphere — 2,2 mlrd so‘m.
O‘zbekiston hududida elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soliq hisobotlarini mustaqil ravishda taqdim etishi va tegishli to‘lovlarni davlat budjetiga o‘tkazishi shart.
Soliq to‘lash va hisobot topshirishning oxirgi muddati hisobot choragidan keyingi oyning 20-kuni etib belgilangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ