O‘zbekistonda yil boshidan buyon beshta yangi gaz koni ochildi

Shuningdek, gaz zaxiralarini oshirish uchun geologik qidiruv ishlari kengaytiriladi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon beshta yangi gaz koni ochildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon beshta yangi gaz koni ochildi. Bu haqda neft-gaz sanoati loyihalarining Shavkat Mirziyoyevga taqdimoti chog‘ida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Hududlarda 80 ta quduq qazildi. Ularning ayrimlari 6 ming metr va undan ortiq chuqurlikka ega. Xabarda aytilishicha, to‘rtinchi chorakda yana 40 ta quduq qazish rejalashtirilgan.

Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologik qidiruv ishlari kengaytirilmoqda. Jumladan, 2026-yilda 3D seysmik razvedka ishlarining hajmini o‘tgan yilga nisbatan besh barobar oshirish rejalashtirilgan.

Taqdimotda istiqbolli maydonlarni, ayniqsa, Ustyurtdagi chuqur qatlamlarni o‘rganish, yangi konlarni o‘zlashtirish va amaldagi quduqlar samaradorligini oshirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Xabarda aytilishicha, Ustyurtda xorijiy hamkorlar bilan yangi quduqlar burg‘ilash, geofizik ma’lumotlarni qayta tahlil qilish va gaz qazib olish samaradorligini oshirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Gaz tashish tizimining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish uchun magistral gaz quvurlarini qurish va kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish loyihalari ham muhokama qilindi.

Taqdim etilgan baholarga ko‘ra, ayrim stansiyalarda zamonaviy elektrodvigatellarni qo‘llashni ham o‘z ichiga olgan ushbu loyihalar gaz ta’minoti barqarorligini oshirish va yiliga 125 mln kub metrgacha tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Taqdimotda loyihalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tadbirda “O‘zbekneftgaz” va uning yirik korxonalarining joriy yil to‘qqiz oyidagi jami sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshgani ma’lum qilindi.

Kredit portfelini maqbullashtirish natijasida qarzdorlik kamaygan, yuqori foizli kreditlar shartlarini qayta ko‘rib chiqish orqali foiz xarajatlarini tejashga erishilgan, — deyiladi xabarda. Aniq ko‘rsatkichlar keltirilmagan.

Kapital.uz yanvar-fevral oylarida ikkita yangi gaz kondensat koni ochilgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi
Saida Mirziyoyeva arxitektura-qurilish universitetidagi ta’lim jarayoni bilan tanishdi
/
Saida Mirziyoyeva arxitektura-qurilish universitetidagi ta’lim jarayoni bilan tanishdi
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni cheklash zarur emasligini bildirdi — TIV
/
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni cheklash zarur emasligini bildirdi — TIV