O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mga yetdi
Yanvar–avgust oylarida xizmatlar hajmi real hisobda 17% ga oshdi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qo’mitasi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan real hisobda 17% ga ko‘p.
Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etildi. Undan keyingi o‘rinlarni Samarqand — 65,2 trln so‘m (7,2%), Toshkent — 61,7 trln so‘m (6,8%), Farg‘ona — 59,8 trln so‘m (6,6%) va Namangan — 46,7 trln so‘m (5,1%) viloyatlari egalladi.
Sirdaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12,9 trln so‘mni tashkil etib, mamlakatdagi jami xizmatlarning 1,4% iga to‘g‘ri keldi.
Toshkent shahridan tashqari, bozor xizmatlarining eng yuqori real o‘sish sur’ati Navoiy (18,5%), Sirdaryo (17,7%), Jizzax, Xorazm, Andijon va Surxondaryo (17,6% dan) viloyatlarida qayd etildi.
Shuningdek, Buxoro va Samarqand viloyatlarida xizmatlar hajmining real o‘sishi 17,2% va 17,1%, Qashqadaryoda esa 17,1% ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 23,7 mln so‘mni tashkil etdi. 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 19,5 mln so‘m bo‘lgan. Real o‘sish sur’ati 15% ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 116,1 mln so‘m qayd etildi. Bu 2025-yilning yanvar–avgust oylariga nisbatan 21,8 mln so‘mga ko‘p.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 19,4 mln so‘m, Navoiy viloyati — 19,3 mln so‘m va Buxoro viloyati — 16,8 mln so‘m qayd etildi.
Eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida — 9,4 mln so‘mni tashkil etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ