O‘zbekistonga 7 oyda 7,7 mln nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Turistik maqsadlarda kelgan xorijiy fuqarolar soni bir yil ichida 22,6% ga oshdi

O‘zbekistonga 7 oyda 7,7 mln nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 7,7 mln nafardan ortiq xorijiy fuqaro tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qo’mitasi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6% ga ko‘p.

Sayyohlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlardan kelgan. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston 2,17 mln nafar bilan yetakchilik qilgan.

Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston — 1,85 mln nafar va Tojikiston — 1,72 mln nafar bilan joy olgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlar o‘ntaligiga quyidagilar kirdi:

  • Rossiya — 710,8 ming nafar;
  • Afg‘oniston — 281,2 ming nafar;
  • Xitoy — 269,7 ming nafar;
  • Turkmaniston — 192,8 ming nafar;
  • Turkiya — 111,9 ming nafar;
  • Hindiston — 32,4 ming nafar;
  • Koreya — 26,5 ming nafar.

Kapital.uz avvalroq yanvar–may oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30% dan ko‘proqqa oshgani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 465,8 ming nafar Rossiya fuqarosi sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan. Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 334,2 ming kishini tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
/
Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi
/
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi