YeTTB “Meros Pharm” kompaniyasiga logistika uchun $25 mln ajratadi

Kredit O‘zbekistondagi dori distribyutoriga ombor va zaxira boshqaruvini yaxshilashga xizmat qiladi

YeTTB “Meros Pharm” kompaniyasiga logistika uchun $25 mln ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Meros Pharm” kompaniyasiga $25 mlngacha kredit ajratishi haqida Prezident matbuot xizmati Kapital.uz’ga xabar berdi.

Mablag‘ mintaqaviy ombor tarmog‘ini kengaytirish rejasi doirasida aylanma kapitalini to‘ldirishga yo‘naltiriladi. Ajratilgan mablag‘lar “Meros Pharm” ga talab yuqori bo‘lgan davrlarda tovar zaxiralarini samarali boshqarish imkonini ham beradi.

Kompaniyaning logistika infratuzilmasini rivojlantirish bozordagi raqobatni kuchaytirishi, yetkazib berish muddatlarini qisqartirishi va aholining sifatli hamda arzon dori vositalariga erishish imkoniyatini yaxshilashi kutilmoqda.

YeTTB ko‘magida “Meros Pharm” korporativ boshqaruv va tarqatish tizimining takomillashgan standartlarini joriy etmoqchi. Loyiha, shuningdek, hukumatning sohani tartibga solish va uning shaffofligini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi