O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi

Loyiha kamida $50 mlnlik barqaror moliyani safarbar etishni nazarda tutmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi

Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tashabbus iqlimiy moliyalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish va ikkala davlatda barqaror investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qiladi.

Loyiha Global Green Growth Institute (GGGI) tomonidan Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Kichik grantlar va iqlim innovatsiyalari jamg‘armasi (SGCIF) ko‘magida amalga oshiriladi. SGCIF Germaniya hukumati topshirig‘iga binoan GIZ tomonidan bajarilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlimiy xavflarni boshqarish” mintaqaviy dasturining bir qismidir.

Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ikki mamlakatda iqlimiy moliyalashtirish bozorining tahlili — talab (barqaror kreditlar) va taklif (mavjud moliyaviy mahsulotlar);
  • fermerlar, biznes va banklar “yashil” moliyani olishda duch kelayotgan to‘siqlarni aniqlash;
  • barqaror investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • har bir davlatda kamida ikki tijorat banki uchun “yashil” moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish;
  • kamida $50 mlnlik barqaror moliyani safarbar etish.

Markaziy Osiyoda FCDO’ning rivojlanish bo‘yicha direktori Sara Kuper tashabbus mintaqadagi davlatlarga iqlim xavflarini kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlashda yordam berishini ta’kidladi.

Germaniya elchixonasi missiyasi rahbarining o‘rinbosari Klemens Shvanxold esa loyiha Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham qo‘llash mumkin bo‘lgan modellarning shakllanishiga xizmat qilishini qo‘shimcha qildi.

GGGI avvalroq Agrobank va Sanoat Qurilish Bank’ni “yashil” va barqaror obligatsiyalar chiqarish jarayonida qo‘llab-quvvatlagan. Sustainable Fitch tomonidan berilgan ijobiy xulosalar natijasida 2024 yilda $1 mlrdlik barqaror va “yashil” obligatsiyalar safarbar qilingan bo‘lib, ular hozirda iqlimga yo‘naltirilgan va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti rahbari Shohzod Islomovning aytishicha, iqlimiy moliyalashtirish mamlakatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Mahalliy banklarning “yashil” obligatsiyalar chiqarish bo‘yicha tajribasi allaqachon ijobiy natijalar ko‘rsatdi va bu amaliyotni moliya sektorida kengaytirish muhimdir, — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalqaro hamkorlar bilan birga uglerod neytralligi strategiyasi, “yashil” taksonomiya va energiya samaradorligi, dekarbonizatsiya hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilning birinchi choragida banklar kredit portfeli 623,3 trln so‘mdan oshdi
/
2026-yilning birinchi choragida banklar kredit portfeli 623,3 trln so‘mdan oshdi
HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi
/
HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi
KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga $14 mln ajratadi
/
KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga $14 mln ajratadi