2026-yilning birinchi choragida banklar kredit portfeli 623,3 trln so‘mdan oshdi
Muammoli kreditlar oshganiga qaramay, ularning ulushi qariyb 3% gacha pasaydi
Foto: Kapital.uz
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil I chorak yakunida O‘zbekiston bank tizimining umumiy kredit portfeli qariyb 19,3 trln so‘mga oshib, 623,3 trln so‘mdan ortdi.
Davlat ulushi mavjud banklarda kredit portfeli umumiy hisobda 11,1 trln so‘mga ko‘paydi. Xususan, Agrobank (+5 trln 440 mlrd so‘m), O‘zmilliybank (+2 trln 636 mlrd so‘m), Xalq banki (+1 trln 952 mlrd so‘m), Aloqabank (+1 trln 893 mlrd so‘m) va Mikrokreditbank (+902 mlrd so‘m)da o‘sish qayd etildi.
Shu bilan birga, O‘zsanoatqurilishbank (−1 trln 629 mlrd so‘m) hamda Asakabank (−723 mlrd so‘m) kredit portfeli kamaygan banklar qatoriga kirdi.
Nodavlat banklar segmentida ham o‘sish kuzatilib, umumiy portfel 8,17 trln so‘mdan ortiqka oshdi. Eng yuqori o‘sish Hamkorbank (+2 trln 822 mlrd so‘m), Hayot Bank (+1 trln 30 mlrd so‘m) va Kapitalbank (+1 trln 167 mlrd so‘m)da qayd etildi.
Aksincha, TBC Bank (−1 trln 363 mlrd so‘m) va Orient Finans Bank (−1 trln 360 mlrd so‘m)da sezilarli pasayish kuzatildi.
Hisobot davrida muammoli kreditlar (NPL) hajmi 1,81 trln so‘mga oshdi. Ushbu o‘sish asosan davlat banklari hisobiga to‘g‘ri kelib, ularda NPL 1,46 trln so‘mga ko‘paygan.
Davlat banklari orasida O‘zsanoatqurilishbank (+704 mlrd so‘m), Aloqabank (+232 mlrd so‘m), Asakabank (+203 mlrd so‘m), Agrobank (+105 mlrd so‘m) va O‘zmilliybank (+100 mlrd so‘m)da muammoli kreditlar ko‘proq oshgan. Faqat Biznesni rivojlantirish bankida (−15 mlrd so‘m) pasayish qayd etilgan.
Nodavlat banklar orasida Ipoteka bank (−316 mlrd so‘m)da muammoli kreditlar qisqargan bo‘lsa, Anor Bank (+126 mlrd so‘m) va Garant bank (+107 mlrd so‘m)da o‘sish kuzatilgan.
Shu bilan birga, kredit portfeli hajmining yuqori sur’atlarda kengayishi fonida muammoli kreditlarning umumiy portfeldagi ulushi 2026-yil boshidagi 3,19% dan 2,99% gacha pasaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ