KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga $14 mln ajratadi

Mamlakat bo‘ylab startap inkubatorlari ishga tushirilib, yangi texnologik markazlar quriladi

KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga $14 mln ajratadi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonda raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish va yoshlar bandligini oshirishga qaratilgan $14 mlnlik loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha 2026–2032-yillarni qamrab oladi. Dastur doirasida yoshlar sun’iy intellekt, dasturlash, narsalar interneti (IoT), prompt muhandisligi va onlayn marketing yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rt yillik tizimli ta’lim oladi.

Shuningdek, loyiha doirasida 500 nafar o‘qituvchi va soha mutaxassislarining malakasi oshiriladi. Janubiy Koreya ekspertlari ishtirokida startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Infratuzilmani kengaytirish ham rejalashtirilgan: Nukus va Qarshi shaharlarida ikkita zamonaviy texnologik xab ochiladi, mamlakatning yetti hududida esa 14 ta kompyuter markazi qurilib, to‘liq jihozlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
/
Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
/
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi
/
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi