HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi

1-maydan har bir kiruvchi SMS narxi 84,2 so‘mni tashkil etadi

HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO to‘lov tizimi) kartalar bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.

Avvalroq, 13131 qisqa raqami orqali SMS-xabarnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Octotelecom” MChJ 2026-yil 1-maydan boshlab xizmat narxi o‘zgarishi mumkinligini bildirgan edi.

Shu munosabat bilan HUMO foydalanuvchilar murojaatlarini inobatga olib, amaldagi tariflarni saqlab qolish taklifi bilan “Octotelecom”ga rasmiy murojaat yo‘llagan.

Olib borilgan muzokaralar va qo‘shimcha tahlillar natijasida amaldagi tarifni o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab 13131 raqamidan yuboriladigan har bir kiruvchi SMS narxi 84,2 so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror foydalanuvchilar uchun moliyaviy yuklamani oshirmasdan xizmat barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
/
“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi