O‘zbekiston yarim yilda $420 mlndan ortiq yengil avtomobil import qildi

Ularning 14,3 mingtasi elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston yarim yilda $420 mlndan ortiq yengil avtomobil import qildi

Yanvar-iyun oralig‘ida O‘zbekiston $422,1 mlnga 24,3 mingta yengil avtomobil import qilgan. Bu ma’lumotni Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qildi.

Ularning 14,3 ming donasini elektromobillar tashkil etdi.

Avtomobillarning eng ko‘p qismi Xitoydan — 21,3 ming dona keltirildi. Ikkinchi o‘rinda 2 mingdan ortiq avtomobil bilan Janubiy Koreya turibdi. Hindiston olti oy davomida O‘zbekistonga 168 ta, Yaponiya va AQSH esa 145 tadan mashina yetkazib berdi. Boshqa davlatlardan esa yana 466 ta avtomobil import qilindi.

Yanvar-mart oylari mobaynida O‘zbekistonga $115,1 mlnlik 6,9 mingta yengil avtomobil olib kirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi