Yaponiya kompaniyasi “Navoiyuran” va Fransiyaning “Orano” qo‘shma korxonalarida ulushga ega bo‘ladi

Kompaniyalar Janubiy Jongeldi konida uran qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Yaponiya kompaniyasi “Navoiyuran” va Fransiyaning “Orano” qo‘shma korxonalarida ulushga ega bo‘ladi

“Orano” guruhi “Navoiyuran”  davlat korxonasi bilan yangi konni o‘zlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Fransiya korporatsiyasi saytida ma’lum qilingan.

Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi doirasida Janubiy Jongeldi konida uran qazib olish loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolandi. Uni sanoat usulida o‘zlashtirish bilan “Nurlikum Mining” qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi, loyiha operatori esa “Navoiyuran” bo‘ladi.

Shuningdek, loyihaga yangi hamkor — Yaponiyaning “Itochu Corporation” savdo va investitsiya guruhi qo‘shiladi. U “Nurlikum Mining” da minoritar ulushga ega bo‘ladi.

Janubiy Jangeldidagi tasdiqlangan uran zaxiralari yillik 700 tonnalik eng yuqori hajmda 10 yildan ortiq vaqt davomida qazib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, qo‘shma korxonaning resurs bazasini ikki baravar oshirish uchun geologik tadqiqotlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

“Orano”  va “Navoiyuran”  Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga qilgan avvalgi tashrifi chog‘ida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan edi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatoriga uran konlarini, jumladan, Jangeldini o‘zlashtirish ham kiritildi.

Shuningdek,“Orano” O‘zbekiston tomoniga atom sanoatini modernizatsiya va transformatsiya qilishda yordam beradi. Bundan biroz oldin prezident uran qazib olish va qayta ishlashni ko‘paytirish uchun ushbu jarayonga Fransiya kompaniyasini jalb qilish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
/
O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
/
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
/
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda