O‘zbekistonda oltinning 5 grammli quymasi narxi 9 mln so‘mdan oshdi

Jahon bozorida oltin unsiyasi $4 580dan yuqori darajaga chiqdi

O‘zbekistonda oltinning 5 grammli quymasi narxi 9 mln so‘mdan oshdi

12-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalari narxi yana tarixiy maksimumni yangiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi 1,802 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan hafta oxiriga nisbatan 179 ming so‘mga oshgan. Dekabr oyining oxirida qayd etilgan avvalgi rekord bilan solishtirilganda, o‘sish qariyb 1,6%ni tashkil etdi.

5 grammli oltin quymasining narxi 9,01 mln so‘mga yetdi. Shuningdek, 50 grammli quymaning qiymati 90,1 mln so‘mni, 100 grammli quymaniki esa 180,2 mln so‘mni tashkil etdi. Yil boshidan buyon oltin quymalari narxi 56,6%ga oshgan bo‘lib, joriy rekord yangilanishi ketma-ket 46-marta qayd etildi.

Markaziy bank oltin quymalarini qayta sotib olish shartlarini ham belgilagan. Qadoqlanishi buzilmagan 5 grammli quymani bank 8,66 mln so‘mga qabul qiladi. Agar texnik talablar bajarilmagan yoki himoya qobig‘i shikastlangan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazilgach to‘lov miqdori 8,57 mln so‘mni tashkil etadi.

Jahon bozorida ham oltin narxlari o‘sishda davom etmoqda. Goldprice ma’lumotlariga ko‘ra, oltinning 1 troy unsiyasi $4 581ga yetgan, bu oxirgi bir oyda 4,7%ga, yillik hisobda esa 69,55%ga o‘sishni anglatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes hisoblarini soliq nizolari vaqtida bloklash bo‘yicha loyiha Senatga yuborildi
/
Biznes hisoblarini soliq nizolari vaqtida bloklash bo‘yicha loyiha Senatga yuborildi
O‘zbekiston va Fransiya uzumzorlarda mavsumiy ishlar bo‘yicha kelishuvga erishdi
/
O‘zbekiston va Fransiya uzumzorlarda mavsumiy ishlar bo‘yicha kelishuvga erishdi
Farg‘onadagi 10 ta hududda kichik omborxonalar qurilib, dehqonlarga imtiyozli lizingga beriladi
/
Farg‘onadagi 10 ta hududda kichik omborxonalar qurilib, dehqonlarga imtiyozli lizingga beriladi