Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi

Mamlakarda eng ko‘p Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilgan

Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi

Yanvar-may oylari davomida O‘zbekistonda 153,8 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5% ga yuqori. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ma’lum qildi.

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan model Chevrolet Cobalt bo‘lib, uning soni 58,9 mingta (+2,4%) ni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda 38,7 mingta avtomobil bilan Damas turadi, bu esa 24,1% ga ko‘p. Chery va Tracker modellarida esa ishlab chiqarish hajmi pasayishi kuzatildi – mos ravishda 15,9% (3362 ta avtomobil) va 6,2% (18,07 mingta) kamaydi.

Onix ishlab chiqarish hajmi 16,25 mingtagacha (+8,8%) o‘sdi, Kia esa 10 mingdan ortiq (+35,6%) avtomobilga yetdi. Haval ishlab chiqarish 12,7 barobar oshib, 2930 ta avtomobilni tashkil etdi. Jizzax viloyatidagi BYD zavodi esa 5495 ta elektromobil yig‘ishga erishdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi