Namangan aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurilishi uchun $175 mln investitsiya yo‘naltiriladi

Yangi majmua yiliga 3 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi, 2027-yilgacha esa uning yonida yuk xabi ishga tushiriladi

Namangan aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurilishi uchun $175 mln investitsiya yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati xalqaro aeroportida zamonaviy majmua qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroport infratuzilmasini kengaytirish loyihasi 2021-yil mart oyida qabul qilingan davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Aeroport 1971-yildan buyon faoliyat yuritadi, 11 yil avval esa xalqaro maqomga ega bo‘lgan. Hozirda bu yerdan 9 ta aviakompaniya muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

Loyihaga jami $175 mln investitsiya jalb etilgan. Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, maydoni 22,6 ming kvadrat metr bo‘lgan uch qavatli terminal binosi 2026-yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi. U bir soatda 1,2 mingdan ortiq, yiliga esa qariyb 3 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu amaldagi ko‘rsatkichlardan bir necha barobar yuqori.

Terminal ichida bojxona va chegara nazorati zonalari, viza xizmati, biznes-zal, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, Duty Free do‘konlari hamda tibbiyot punkti joylashtiriladi. Majmuaning ishga tushirilishi natijasida 550 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, 2027-yil oxirigacha aeroport hududida sutkasiga 50 tonna yukni qayta ishlash quvvatiga ega yuk xabini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu Farg‘ona vodiysi uchun yagona kargo tarmog‘ini shakllantirish va mahalliy mahsulotlar eksporti geografiyasini 90 ta davlatgacha kengaytirish imkonini beradi.

Obyekt bilan tanishuv yakunida Shavkat Mirziyoyev majmua infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kapital bozori to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
/
O‘zbekistonda kapital bozori to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi
/
Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi
O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi
/
O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi