2026-yilda mamlakatda Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushiriladi

Xususan, “Volkswagen” avtomobillarning ishlab chiqarish bosqichi avval Toshkent shahrida, keyinchalik Angren EIZda amalga oshiriladi

2026-yilda mamlakatda Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bugungi kunda “Chevrolet”, “BYD”, “KIA” va “Hyundai” kabi yirik brendlar bilan hamkorlikda 5 ta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda “Volkswagen”, “Foton” va “JAC” zavodlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Avtomobil savdosiga 20 ta bank jalb qilinib, avtomobillarning 95%i boʻlib-boʻlib toʻlash va qulay kredit tizimi orqali sotildi. Soha atrofida yangi kooperatsiya zanjirlari shakllanib, 10 mingdan ortiq yoshlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlamoqda. 300 dan ziyod korxona “Chevrolet”, 40 ga yaqin korxona “KIA” va “BYD” uchun butlovchi qismlar yetkazib bermoqda.

Taqdimotda avtomobilsozlikda ishlab chiqarish hajmini va band bo‘lganlar sonini 1 mlntaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yengil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hamda yigʻish boʻyicha koʻplab loyiha takliflari kelib tushayotgani Oʻzbekistonda qulay investitsiya muhiti va yuqori daromadli bozor shakllanayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga, har bir loyiha bozor talabi va iqtisodiy samara asosida baholanishi, asosiy eʼtibor tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlishga qaratilishi zarurligi taʼkidlandi.

Taqdimotda “Volkswagen” avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi haqida axborot berildi. Rejaga koʻra, birinchi bosqichda Toshkent shahrida yirik uzelli ishlab chiqarishni boshlash koʻzda tutilgan. Keyingi bosqichda Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida toʻliq siklda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport bozorlariga chiqish rejalashtirilgan.

Texnologik mustaqillikni taʼminlash, innovatsiyalarni joriy etish va eksport hamda logistika cheklovlariga kamroq bogʻliq boʻlgan raqobatbardosh milliy mahsulotlar yaratish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Bu borada Andijon va Jizzaxda zamonaviy muhandislik maktablari ochilgani, yosh tadqiqotchilar va muhandislar shakllanayotgani, umuman, mahalliy mahsulotlarni kengaytirish va yakuniy mahsulot yaratish uchun zarur intellektual salohiyat mavjudligi koʻrsatib oʻtildi.

Shu maqsadda “Oʻzavtosanoat” AJ tizimida Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati rivojlantirilishi belgilandi.

Sohadagi yana bir katta imkoniyat – ehtiyot qismlar bozori ekani taʼkidlandi. Shu munosabat bilan ehtiyot qismlar bozorini tartibga solish, mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish, sertifikatlash tizimini takomillashtirish va zamonaviy sinov laboratoriyalarini tashkil etish zarurligi qayd etildi. 2026-yil yakuniga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Avtomobil ehtiyot qismlar bozorini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda zargarlik uskunalari va xomashyo importiga bojxona bojlari bekor qilindi
/
O‘zbekistonda zargarlik uskunalari va xomashyo importiga bojxona bojlari bekor qilindi
Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim muddatini qisqartirdi
/
Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim muddatini qisqartirdi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun oshdi