Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxona binosi 2026-yilda foydalanishga topshiriladi

Ma’lum qilinishicha, majmuada qurilish va pardozlash ishlarining 90%i yakunlangan

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxona binosi 2026-yilda foydalanishga topshiriladi

Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari dastlab Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasida bo‘ldi. Bu yerda shaharning bosh rejalari, yirik obyektlar qurilishi va navbatdagi bosqichlar yuzasidan axborot berildi.

Muhokamada transport va muhandislik infratuzilmasini qurilish ishlari bilan uyg‘un rivojlantirish, yashil hududlar va jamoat makonlarini o‘zaro bog‘lash hamda barcha loyihalarni yagona shaharsozlik konsepsiyasi asosida amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Prezident Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ham ko‘zdan kechirdi. Yangi Toshkentning birinchi bosqichi doirasida bunyod etilayotgan majmuada rektorat va ayrim fakultetlar binolarida yakuniy qurilish ishlari olib borilmoqda. Kampus tarkibida o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, elektron kutubxona, talabalar turar joylari hamda sport va madaniyat inshootlari barpo etiladi.

Shuningdek, davlat rahbari Yangi Toshkentda qurilayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi ishlar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, majmuada qurilish va pardozlash ishlarining 90%i yakunlangan bo‘lib, uni 2026-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan to‘rt qavatli kutubxona bir vaqtning o‘zida 1 ming 420 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Unda zamonaviy elektron kutubxona xizmatlari, xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati, shuningdek, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.

Tashrif davomida prezident “Yangi O‘zbekiston” universitetining 10 ming talabaga mo‘ljallangan yangi kampusi va Yangi Toshkentda bunyod etilayotgan 55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishi bilan ham tanishdi.

Qayd etilishicha, stadion 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenasi sifatida xizmat qiladi. Prezident barcha obyektlarda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent atrofida qiymati $1 mlrdlik ikki qavatli pullik halqa yo‘li qurilishi mumkin
/
Toshkent atrofida qiymati $1 mlrdlik ikki qavatli pullik halqa yo‘li qurilishi mumkin
O‘zbekistonda semizlik va 2-turdagi qandlidiabetni davolash uchun mo‘ljallangan birinchi tirzepatid — GEROPHARM kompaniyasining preparati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi  
/
O‘zbekistonda semizlik va 2-turdagi qandlidiabetni davolash uchun mo‘ljallangan birinchi tirzepatid — GEROPHARM kompaniyasining preparati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi  
Rossiya hukumati Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi
/
Rossiya hukumati Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi