Rossiya hukumati Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi

Federal xavfsizlik xizmati Telegram asoschisini terrorchilik faoliyatiga yordam berishda ayblamoqda

Rossiya hukumati Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi

Rossiya “Telegram” messenjeri asoschisi Pavel Durovni terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashganlikda ayblab, xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda Lenta xabar berdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lumotiga ko‘ra, platforma rahbariyati taqiqlangan axborotni o‘chirib tashlamayapti. Xususan, e’tirozlar “Roskomnadzor” tomonidan taqiqlangan resurslar reyestriga kiritilgan “Dayvinchik” boti bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, Rossiya maxsus xizmati platformadan razvedka organlari va ekstremistik guruhlar Rossiya hududida diversiyalarni muvofiqlashtirish, kiberfiribgarlik va terrorchilik harakatlarini tashkil etishda foydalanayotganini ta’kidlagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu chat-bot orqali faoliyat yuritgan yollovchilar yoshlarni aldash va shantaj qilish yo‘li bilan jinoyat sodir etishga undagan.

Tergov doirasida tadbirkorga Rossiya Jinoyat kodeksining terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi 205.1-moddasi 1.1-qismi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Aniqlangan holatlar asosida Pavel Durovga nisbatan xalqaro qidiruv tadbirlarini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Avvalroq Rossiya hukumati “Telegram” platformasida 153 mingdan ortiq qonunbuzarlik holatini qayd etganini, shundan 33 mingtasi ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, platforma rahbariyati noqonuniy kontent joylashtirilgan qariyb 155 ming kanal va chatni bloklash talabini bajarmagani qayd etilgan.

Hozircha Pavel Durov ham, “Telegram” ma’muriyati ham ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
/
Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
Nukus shahridagi issiqlik ta’minoti uchun $20 mlndan ortiq investitsiya kiritiladi
/
Nukus shahridagi issiqlik ta’minoti uchun $20 mlndan ortiq investitsiya kiritiladi
Qirg‘iziston va Tojikistonda Apple Pay ishga tushirildi
/
Qirg‘iziston va Tojikistonda Apple Pay ishga tushirildi