O‘zbekistonda semizlik va 2-turdagi qandlidiabetni davolash uchun mo‘ljallangan birinchi tirzepatid — GEROPHARM kompaniyasining preparati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Preparat ochlik hissi va yuqori kaloriyali oziq-ovqatga bo‘lgan ishtiyoq kamaytiradi
O‘zbekistonda tirzepatid asosidagi Sejaro preparati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ishlab chiqaruvchi GEROPHARM kompaniyasiga ko‘ra, preparat semizlik va 2-tur qandli diabetni davolash uchun mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, preparat Amerikaning Eli Lilly kompaniyasi ishlab chiqqan Mounjaro preparatiga bioekvivalent hisoblanadi.
Tirzepatid organizmdagi ikkita inkretin gormoni retseptorlariga ta’sir qilib, ishtahani kamaytiradi hamda yuqori kaloriyali oziq-ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi. Shuningdek, u ichki a’zolar atrofida to‘planadigan visseral yog‘ to‘qimasi hajmini kamaytirishga ham yordam beradi.
Xalqaro klinik tadqiqotlarda qandli diabet tashxisi qo‘yilmagan bemorlarda tirzepatidni 72 hafta davomida qo‘llash tana vaznining 22,5% gacha kamayishiga olib kelgan. Shuningdek, bel aylanasi o‘rtacha 14,6 santimetrga qisqargani ham qayd etilgan, – deydi kompaniya vakili.
Preparat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan shpris-ruchka ko‘rinishida ishlab chiqariladi. U 2,5 mg, 5 mg, 7,5 mg, 10 mg, 12,5 mg va 15 mg dozalarida taqdim etiladi hamda haftasiga bir marta qo‘llanadi. Doza shifokor tavsiyasiga ko‘ra bosqichma-bosqich oshiriladi.
Sejaro retsept asosida beriladigan dori vositasi bo‘lib, uni qo‘llash bo‘yicha qaror faqat shifokor tomonidan bemorning individual holati va tasdiqlangan ko‘rsatmalarga muvofiq qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, GEROPHARM O‘zbekiston bozorida 20-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Kompaniya avvalroq mamlakatda semaglutid asosidagi Semavik va Semavik Next preparatlarini ham ro‘yxatdan o‘tkazgan. IQVIA ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprelidan 2026-yil martgacha ushbu preparatlarning umumiy bozo
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ