Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiya barqarorligicha qolib, 5,7% darajasida saqlanib turibdi

Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

2026-yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda regulyator asosiy stavkani yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, 2026-yilning iyun oyida mamlakatda umumiy inflyatsiya yillik 6,4% ni tashkil etgan. Shu bilan birga, bazaviy inflyatsiya barqarorligicha qolib, 5,7% darajasida saqlanib turibdi.

Iyun oyida umumiy inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli yuqorilashi kuzatildi. Regulyator bu holatni joriy yilning iyun oyida energiya resurslari hamda toshko‘mir narxlarining oshishi ta’siri bilan izohlamoqda.

Markaziy bank joriy yil uchun makroiqtisodiy kutilmalarini e’lon qildi, xususan:

  • Umumiy inflyatsiya: 2026-yil yakunida 6,5% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
  • Iqtisodiy o‘sish (YAIM): Yillik prognoz 7,5–8% darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolindi.

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 16-sentabr kuniga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiya hukumati Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi
/
Rossiya hukumati Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi
Nukus shahridagi issiqlik ta’minoti uchun $20 mlndan ortiq investitsiya kiritiladi
/
Nukus shahridagi issiqlik ta’minoti uchun $20 mlndan ortiq investitsiya kiritiladi
Qirg‘iziston va Tojikistonda Apple Pay ishga tushirildi
/
Qirg‘iziston va Tojikistonda Apple Pay ishga tushirildi