Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 468 metrlik yerosti avtomobil yo‘li qurib bitkazildi

Yerosti yo‘li soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega

Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 468 metrlik yerosti avtomobil yo‘li qurib bitkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29-avgust kuni poytaxtimizning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yerosti avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

Avtomobil yo‘lining uzunligi 468 metrni, kengligi 25 metrni tashkil qilib, soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Tunnelning usti yashil hududga aylantirilib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan Olimpiya shaharchasi o‘rtasida piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda loyihalashtirilgan metro yo‘li uchun tunnel va bekat ham qurildi.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, yerosti avtomobil yo‘li mashinalarning vaqt sarfini 2 barobarga qisqartirib, kuniga 1 tonna yonilg‘i iqtisod qilinishiga va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayishiga sabab bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi