Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopildi

Bu vaqtda bog‘ yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi

Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi.

Qayd etilishicha, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli 9-iyuldan 9-avgustgacha Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) bog‘ga tutash qismida avtoulovlar harakati to‘xtatiladi.

Harakat “Yangi O‘zbekiston” bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali Milliy bog‘ ko‘chasiga yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi