2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmon barpo qilinadi

Shuningdek, 3,8 ming gektar o‘rmon fondi yerlarida dorivor va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etiladi

2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmon barpo qilinadi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etish, ularni qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, o‘rmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

  • 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etish, ularni qayta tiklash hamda 3,8 ming gektar o‘rmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish;
  • 2030-yilgacha 9,2 ming tonna daraxt va butalar urug‘larini tayyorlash hamda 919 mln dona nihol va ko‘chatlarni yetishtirish;
  • 2025–2026-yillarda tog‘ va tog‘oldi hududlardagi 500 gektarda “terrasa” usulida daraxt va buta ko‘chatlari ekish.

O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi negizida “O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi. Markaz “Aqlli o‘rmon xo‘jaligi” (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi.

Ushbu markaz o‘rmon resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ularning holatini real vaqt rejimida monitoring qilish, o‘rmon xo‘jaligi sohasi faoliyati zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali samarali boshqarilishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi