Tataristonning kompaniyasi O‘zbekistonda lift zavodi tashkil etishni rejalashtirmoqda

Bu haqdagi hamkorlik memorandumi “Tatlift” bilan imzolandi

Tataristonning kompaniyasi O‘zbekistonda lift zavodi tashkil etishni rejalashtirmoqda

Tataristonning “Tatlift” kompaniyasi O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati hokimiyati bilan mintaqadagi maxsus iqtisodiy zonada lift ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Tatlift” (sobiq “Regionliftmash”) 2020-yilda “Zelenodolsk” sanoat parki hududida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyada asoschi sifatida “Qozon liftsozlik zavodi” va “Liftdomservis” asoschisi Albert Zagidullin tilga olinadi. Korxona mahsulotlari xitoylik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

O‘tgan yil boshida “Zelenodolsk” da “TLmotors” brendi ostida yiliga 3 ming dona ishlab chiqarish quvvatiga ega “Tatlift” liftsozlik zavodining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 300 ta lift ishlab chiqarilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
/
Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
/
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi