“SF Airlines” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Kompaniya Boeing 757 samolyotlarida haftasiga ikki marta yuk tashiydi

“SF Airlines” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 2-aprel kuni Xitoyning “SF Airlines” aviakompaniyasi Lanchjou – Toshkent – Lanchjou yo‘nalishi bo‘yicha ilk yuk reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Aviakompaniyaning Boeing 757 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 10:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Anʼanaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi, deyiladi xabarda.

Yuk tashuvlari Boeing 757 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik reyslar soni oshirilishi kutilmoqda.

“SF Airlines” shtab-kvartirasi Shenchjenda (Guangdong, Xitoy) joylashgan Xitoyning yetakchi yuk aviakompaniyasidir. 2005-yilda tashkil etilgan aviakompaniya Xitoyning eng yirik logistika guruhlaridan biri “SF Holding Company Limited” tarkibiga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi