Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun 1,3 ming gektar yer ajratiladi

O‘rta Chirchiq tumanidan eng ko‘p — 790,76 gektar joy beriladi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun 1,3 ming gektar yer ajratiladi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq hamda Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat kadastr boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, beriladigan maydonning asosiy qismini sug‘oriladigan yerlar tashkil qiladi — 1075,45 gektar. Bundan tashqari, bog‘lar (112,69 gektar), yaylov va pichanzorlar (0,65 gektar) hamda boshqa toifadagi yerlar (120,97 ga) ham mavjud.

Yangi aeroport uchun eng ko‘p O‘rta Chirchiq tumanidan joy ajratiladi — 790,76 gektar. Quyi Chirchiq tumanidan esa biroz kamroq — 519 gektar.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishgandi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda.

11-avgust kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangi Toshkent xalqaro aeroportini O‘rta Chirchiq tumanida 1,2 ming maydonda qurish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq “Sojitz” kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport loyihasiga $200 mln investitsiya kiritishi haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Humo to‘lov tizimi faoliyatida tungi uzilishlar kutilmoqda
/
Humo to‘lov tizimi faoliyatida tungi uzilishlar kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston YAIMi 2026-yilda 8%ga o‘sadi
/
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston YAIMi 2026-yilda 8%ga o‘sadi
Banklarning muammoli kreditlari bir oyda 2 trln so‘mdan ko‘proqqa oshdi
/
Banklarning muammoli kreditlari bir oyda 2 trln so‘mdan ko‘proqqa oshdi