O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti sakkiz yilda $115 mlrdga yetdi — Prezident

XVJ prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyot hajmi $130 mlrddan oshishi kutilmoqda

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti sakkiz yilda $115 mlrdga yetdi — Prezident

27-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakat iqtisodiyotiga oid sosiy natija bilan bo‘lishdi.

Xususan, 8 yilda YIM $115 mlrdga yetdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyot hajmi $130 mlrddan oshishi kutilmoqda.

O‘tgan sakkiz yilda aholi uchun 500 mingdan ziyod ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, qishloqlarni, yo‘llarni obod qilish uchun 60 trln so‘m mablag‘ sarflandi. Yoki, $155 mlrd sarmoya hisobiga 100 mingdan ortiq investitsiya loyihalari ishga tushirildi, 7 mlndan ziyod aholi daromadli bo‘ldi.

Bundan tashqari, xususiy qurilish kompaniyalari soni 30 mingdan oshib, qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi $6 mlrdga yaqinlashdi. O‘tgan yilda $23 mlrdlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu 2016-yilga nisbatan 4 karra ko‘p.

Avvallari $500 mlnga yetmagan turizm eksporti hozir $3 mlrdlik marradan oshdi. Yetti-sakkiz yil oldin IT eksporti $1 mlrdga yetadi, desa, bunga kim ishonardi? Eng muhimi, barcha tarmoqlarga yangi ilm, zamonaviy texnologiyalar kirib keldi.  Ularda yuz minglab ish o‘rinlari va yuqori malakali kadrlar armiyasi paydo bo‘ldi. Har bir sohada Yangi O‘zbekistonning o‘z strategiyasi, tajriba maktabi shakllandi, dedi Mirziyoyev

Prezident joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan vatandoshlarimizni ham tabrikladi.

Shundan so‘ng, mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi