O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini 12 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda charm-poyabzal sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha qator choralar ko‘rilgan. Joriy yilning birinchi choragida sohada ishlab chiqarish hajmi 962 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 25% dan oshgan.

Taqdimotda 2030-yilgacha charm-poyabzal sanoatida ishlab chiqarish hajmini 12 trln so‘mga, eksportni $500 mlnga yetkazish va 12 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingani qayd etildi. Shu bilan birga, sohada hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, mamlakatda katta hajmda teri va jun xomashyosi yetishtirilayotgan bo‘lsa-da, ularni chuqur qayta ishlash darajasi pastligicha qolmoqda. Jumladan, qo‘y va echki terisini qayta ishlash darajasi 30% atrofida bo‘lsa, yiliga tayyorlanadigan 40 ming tonna jun xomashyosining atigi 6 ming tonnasi, ya’ni 15%i qayta ishlanmoqda.

Taqdimotda korxonalar quvvatidan samarali foydalanish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulot ulushini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Andijon viloyatining Shahrixon tumanida charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashgan sanoat zonalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur zonalarda ishlab chiqarish binolari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, logistika, dizayn va malaka oshirish markazlari barpo etiladi. Ularning boshqaruvi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida tashkil etiladigan maxsus direksiyaga yuklatiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi