O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,5% ga oshdi

Birinchi yarim yillikda mamlakat iqtisodiyoti so‘nggi 5 yildagi eng yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon etdi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,5% ga oshdi

2026-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1,07 kvadrln so‘mni ($89,85 mlrd) tashkil etib, real hisobda 8,5%ga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tezlashgan va 2022-yilning birinchi yarmidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. YAIM deflyatori 109,8%ni tashkil etdi.

Tarmoqlar bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat 8,5%ga oshib, umumiy iqtisodiy o‘sishning asosiy qismini ta’minladi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 8,3%ga ko‘paydi.

Iqtisodiy o‘sishga eng katta hissa sanoat hissasiga to‘g‘ri keldi — u umumiy ko‘rsatkichga 2% punkti qo‘shdi. Savdo, mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari 1,8% punkti, transport, logistika va aloqa 1,5% punkti, boshqa xizmatlar 1,1% punkti, qurilish 1% punkti, qishloq xo‘jaligi esa 0,7% punkti hissa qo‘shgan.

Hisobot davrida sanoat mahsulotlari hajmi 272,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bunda qayta ishlash sanoati 8,8%ga, tog‘-kon sanoati 2,1%ga, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo ta’minoti 7,9%ga, suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash sohasi esa 15,9%ga o‘sdi.

Qurilish ishlari hajmi 79,1 trln so‘mga yetib, 13,7%ga oshdi. Fuqarolik obyektlari qurilishi 21,5%ga, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 39,8%ga, bino va inshootlar qurilishi esa 8,5%ga o‘sdi.

Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 521,5 trln so‘mni tashkil etib, 9,2%ga ko‘paydi. Eng yuqori o‘sish axborot texnologiyalari va aloqa (23,2%), logistika (15,8%) hamda savdo (15%) sohalarida qayd etildi. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari hajmi esa 10,8%ga oshgan.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi umumiy hisobda 4,7%ga o‘sdi. Eng yuqori sur’at baliqchilik (35,8%) va o‘rmon xo‘jaligi (6,3%) tarmoqlarida kuzatildi.

Iqtisodiyot tarkibida ham ayrim o‘zgarishlar qayd etildi. Sanoatning ulushi 26,5%ga yetgan bo‘lsa, xizmatlar sohasi ulushi 50,8%ga, qishloq xo‘jaligining ulushi esa 15%ga tushdi. Qurilishning ulushi 7,7% darajasida saqlanib qoldi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM hajmi 27,95 mln so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6%ga oshib, 2022-yildan buyon eng yuqori natijani qayd etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

New Port turar joy majmuasining to‘qqizta binosidan oltitasi ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilgan
/
New Port turar joy majmuasining to‘qqizta binosidan oltitasi ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilgan
O‘zbekiston va Qirg‘iziston $1,5 mlrdlik yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi
/
O‘zbekiston va Qirg‘iziston $1,5 mlrdlik yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi
ILMA qimmatli qog‘ozlar emitentlari uchun qonuniylik reytingini joriy etishni taklif qildi
/
ILMA qimmatli qog‘ozlar emitentlari uchun qonuniylik reytingini joriy etishni taklif qildi