2026-yil birinchi chorakda yalpi ichki mahsuloti 447 trln so‘mdan oshdi

Xizmatlar sohasining yalpi qo‘shilgan qiymati 240,07 trln so‘mni tashkil qilib, yetakchilikni saqlamoqda

2026-yil birinchi chorakda yalpi ichki mahsuloti 447 trln so‘mdan oshdi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 447,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki baholarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti real ifodada 8,7% ga o‘sdi. Narxlar o‘zgarishini aks ettiruvchi deflyator indeksi 110,6% darajasida qayd etilgan. Eng yuqori deflyator sanoatda (115,8%) va qishloq xo‘jaligida (113,2%) kuzatilgan.

Iqtisodiyot o‘sishiga eng katta hissa xizmatlar sohasi tomonidan qo‘shilgan bo‘lib, uning yalpi qo‘shilgan qiymati 240,07 trln so‘mni tashkil etib, 8,8% ga oshgan. Sanoatda ishlab chiqarish hajmi 124,85 trln so‘mga yetib, 8% ga o‘sdi. Qurilish sohasida o‘sish 15% ni tashkil etib, 26,39 trln so‘mga yetgan. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida esa 5,1% o‘sish qayd etilib, hajm 36,18 trln so‘mni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga YAIM 11,69 mln so‘mga yetdi. Bu real hisobda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7% ga yuqori.

Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi 45,6% ni tashkil etib, 194,76 trln so‘mga teng bo‘ldi. Tarmoqlar kesimida uning ulushi qishloq xo‘jaligida — 94,6%, qurilishda — 77%, xizmatlarda — 47,1% va sanoatda — 21,8% ni tashkil etdi.

Shuningdek, kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi 102,68 trln so‘mga baholanib, bu YAIMning 22,9% iga teng. Shundan 15,4% jismoniy shaxslar va uy xo‘jaliklari faoliyatiga, 7,5% esa yashirin iqtisodiyotga to‘g‘ri keladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori iqtisodiyot tarkibida 3,2% ulushni egallab, 13,65 trln so‘mdan ortiq xizmatlar ko‘rsatgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi