Rossiyaning soliq xizmatining yagona soliq hisobvarag‘ini qo‘llash amaliyoti O‘zbekistonda qo’llaniladi

Delegatsiya Moskvada hisob-kitoblar va to‘lovlarni ma’muriy boshqarishning soddalashtirilgan tizimi bilan tanishdi

Rossiyaning soliq xizmatining yagona soliq hisobvarag‘ini qo‘llash amaliyoti O‘zbekistonda qo’llaniladi

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Markaziy banki vakillari Rossiya Federal soliq xizmatining yagona soliq hisobvarag‘ini qo‘llash amaliyotini o‘rgandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yagona soliq hisobvarag‘i tizimi majburiy to‘lovlarni birlashtirib, hisob-kitob jarayonini soddalashtirishga imkon beradi. Ushbu mexanizm barcha turdagi soliqlar uchun umumiy rekvizitlardan foydalanishni va hisobotlarni taqdim etishning yagona muddatlarini belgilashni ko‘zda tutadi.

Bunday yondashuvning qo‘llanilishi soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti bilan o‘zaro munosabatlarini yanada qulaylashtiradi. Bu mablag‘larni o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yish xavfini kamaytiradi va ortiqcha penya hisoblanishining oldini oladi. Shuningdek, tizim tadbirkorda bir vaqtning o‘zida bir soliq bo‘yicha qarzdorlik, boshqasi bo‘yicha esa ortiqcha to‘lov mavjud bo‘lishi kabi holatlarga barham beradi.

Barcha kelib tushgan mablag‘lar soliq majburiyatlari bo‘yicha avtomatik tarzda taqsimlanadi. Tashrif davomida olingan bilimlardan O‘zbekiston soliq tizimini yanada raqamlashtirish va takomillashtirishda foydalanish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi