Yagona ariza — banklardan takliflar: Ipoteka bank OTP Group Tadbircore.uz platformasini qo‘llab-quvvatlaydi

Bank bu orqali kredit biznesni moliyalashtirish bo‘yicha mos yechimlarni tezroq topishga xizmat qiladi

Yagona ariza — banklardan takliflar: Ipoteka bank OTP Group Tadbircore.uz platformasini qo‘llab-quvvatlaydi

Ipoteka bank OTP Group O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tadbircore.uz raqamli moliyaviy platformasini rivojlantirish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur platforma tadbirkorlar uchun moliyalashtirishga erishish jarayonini yanada sodda va qulay qiladi.

Platforma orqali tadbirkorlar kredit olish uchun birgina ariza topshirib, O‘zbekistonning tijorat banklaridan kelgan takliflarni, jumladan, Ipoteka bank OTP Group’ning qulay kredit yechimlarini qabul qilish va o‘zaro taqqoslash imkoniga ega bo’lishadi.

Tadbirkorlarga har bir bankka alohida murojaat qilish talab etilmaydi. Tadbircore.uz platformasi barcha mavjud kredit shartlarini bir joyda ko‘rib chiqish, ularni taqqoslash hamda biznesni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish yoki kengaytirish uchun eng maqbul moliyalashtirish yechimini tanlash imkonini beradi.

Ipoteka bank OTP Group’ning mazkur platformadagi ishtiroki bankning kredit mahsulotlarini tadbirkorlar uchun yanada qulay va ochiq qiladi hamda biznesni moliyalashtirish bo‘yicha mos yechimlarni tezroq topishga xizmat qiladi.

Ariza topshirish va Ipoteka bank OTP Group’ning kredit takliflari bilan tanishish uchun Tadbircore.uz platformasidan foydalaning.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi
/
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi
Xatolarning bahosi: Samarqandlik tadbirkor ilk biznesidagi muvaffaqiyatsizligi va ofissiz faoliyat yuritayotgan to‘rtta kompaniya haqida
/
Xatolarning bahosi: Samarqandlik tadbirkor ilk biznesidagi muvaffaqiyatsizligi va ofissiz faoliyat yuritayotgan to‘rtta kompaniya haqida
ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun
/
ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun