XVJ O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish prognozini 6,8% ga oshirdi
Inflyatsiya va tashqi qarz bo‘yicha kutilmalar esa yomonlashdi
Xalqari valyuta jamg’armasi (XVJ) O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha 2026-yil uchun prognozini 6,8%gacha oshirdi. Bu tashkilot missiyasining aprel oyidagi e’lon qilingan hisobotida qayd etildi.
Yangilangan baholashga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘sishi avvalgi prognozdan 0,6% punktga yuqori bo‘ladi. Mutaxassislar global noaniqliklarga qaramay, iqtisodiy istiqbollar ijobiyligicha qolayotganini ta’kidladi. Bunga strukturaviy islohotlar, investitsiyalar oqimi, migrantlar pul o‘tkazmalari va oltin narxining oshishi omil bo‘lgan. Shu bilan birga, 2027-yilda o‘sish sur’atlari 6%gacha sekinlashishi kutilmoqda.
Biroq inflyatsiya bo‘yicha prognoz 6,5%dan 6,8%gacha oshirildi. Bunga energiya resurslari narxining o‘sishi sabab bo‘lgan. Mutaxassislar narxlar bosimini tariflarni bosqichma-bosqich o‘zgartirish va transport sohasini qo‘llab-quvvatlash orqali qisman jilovlash mumkinligini qayd etdi. Inflyatsiyani 5% darajaga tushirish faqat 2027-yilga borib amalga oshishi mumkin.
Tashqi qarz hajmi bo‘yicha prognoz ham qayta ko‘rib chiqildi — yil oxiriga kelib u $51,8 mlrdni tashkil etishi kutilmoqda (avvalgi prognoz — $47,8 mlrd). Shu bilan birga, eksportdan tushumlar hisobiga joriy operatsiyalar hisobi defitsiti qisqarishda davom etadi, ammo 2027-yilda tashqi tushumlar kamayishi fonida yana oshishi mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ