O‘zbekiston bo‘ylab xorijiy yuk mashinalarining yo‘l haqi kamaytirildi
Endilikda tariflar ruxsat etilgan og‘irlik va yo‘nalish uzunligidan oshishiga bog‘liq
Xorijiy davlatlar og‘ir yukli transportlarining O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar miqdori kamaytirildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Unga ko‘ra, transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to‘lanadigan to‘lov quyidagi tariflarga muvofiq belgilandi:
- umumiy haqiqiy vaznning yo‘l qo‘yiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori 0 tonnadan 5 tonnagacha bo‘lganda yuriladigan 1 km masofa uchun BHMning 0,08%i miqdorida;
- 5 tonnadan 10 tonnagacha – 0,12% BHM;
- 10 tonnadan 15 tonnagacha – 0,24% BHM;
- 15 tonnadan 20 tonnagacha – 0,42% BHM;
- 20 tonnadan 25 tonnagacha – 0,63% BHM;
- 25 tonnadan 30 tonnagacha – 0,97% BHM;
- 30 tonnadan 35 tonnagacha – 1,39% BHM;
- 35 tonnadan 40 tonnagacha – 1,94% BHM;
- 40 tonnadan 45 tonnagacha – 2,66% BHM;
- 45 tonnadan 50 tonnagacha – 3,59% BHM;
- 50 tonna va undan yuqori – 4,22% BHM.
Shuningdek, og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o‘tishi uchun arizalarni ko‘rib chiqish, yo‘nalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanishi ko‘zda tutildi:
- 100 km ga qadar BHMning 54%i miqdorida;
- har bir keyingi km uchun BHMning 0,24% i miqdorida.
Ilgari mazkur to‘lovlar 100 km ga qadar — $25 hamda har bir keyingi kilometr uchun — $0,11 qiymatida belgilangan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ