O‘zbekistonda bir nechta xorijiy investorlar islomiy banklar ochishi mumkin — MB vakili

Regulyator yangi qonundan so‘ng 2–3 bankda islomiy moliya xizmatlari ishga tushishini kutmoqda

O‘zbekistonda bir nechta xorijiy investorlar islomiy banklar ochishi mumkin — MB vakili

O‘zbekistonda bir nechta xorijiy investorlar islomiy banklarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 29-iyundan boshlab kuchga kiradigan qonun asosida islomiy moliyaviy xizmatlar ikki shaklda — to‘liq islomiy banklar tashkil etish yoki tijorat banklarida maxsus “islomiy oynalar” ochish orqali joriy etiladi. Amaldagi banklar esa an’anaviy va muqobil moliyaviy xizmatlarni birgalikda ko‘rsatish uchun qo‘shimcha litsenziya olishi mumkin.

Islomiy “oynalar” orqali kamida olti turdagi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Ular qatoriga muzoraba, vakala, murabaha, salam, musharaka va ijaraga asoslangan moliyalashtirish kiradi.

Markaziy bank 2026-yilda asosan tayyorgarlik jarayonlariga — xalqaro standartlarni joriy etish va mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor qaratadi. Hozirda 10 ta mahalliy moliyaviy tashkilot yangi mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha ish boshlagan. Dastlab bunday xizmatlar faqat bitta bankda paydo bo‘lishi kutilgan bo‘lsa, endilikda ularning 2–3 bankda ishga tushirilishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, 4–5 ta xorijiy investor qonunchilik bazasi qabul qilingach O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor ekanini bildirgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu islohotlar orqali iqtisodiyotga qariyb $1 mlrd miqdorida investitsiya jalb etilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
/
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi