O‘zbekiston pasporti Henley reytingida 82-o‘rinni egalladi

Viza rasmiylashtirmasdan chiqish mumkin bo'lgan mamlakatlar soni 5 taga kamaygan

O‘zbekiston pasporti Henley reytingida 82-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Henley Passport Index xalqaro pasportlar reytingida 82-o‘rinni egalladi. 2026-yil 22-oktabr holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat fuqarolari oldindan viza olmasdan 57 ta davlat va hududga borishi mumkin.

Henley reytingining 2025-yil yakunidagi ma’lumotlarida O‘zbekiston fuqarolari uchun 62 ta yo‘nalish mavjud bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi ko‘rsatkich beshta yo‘nalishga kamaygan.

Markaziy Osiyo davlatlari reytingi

Mintaqa mamlakatlari orasida Qozog‘iston 66-o‘rinda — uning fuqarolari 77 ta yo‘nalishga, Qirg‘iziston esa 81-o‘rinda bo‘lib, 59 ta yo‘nalishga vizasiz yoki borishda viza olish orqali safar qilishi mumkin.

O‘zbekiston 82-o‘rinda 57 ta yo‘nalish bilan qayd etilgan. Tojikiston 52 ta yo‘nalish bilan 87-o‘rinni, Turkmaniston esa 44 ta yo‘nalish bilan 93-o‘rinni egallagan.

Henley Passport Index pasport egalarining xalqaro safarlarda viza olish bo‘yicha imkoniyatlarini baholaydi. Indeksda to‘liq vizasiz kirish bilan bir qatorda, borishda viza olish va ayrim shartlar asosida elektron sayohat ruxsatnomasi orqali kirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.

Jahon reytingida Singapur 193 ta yo‘nalish bilan birinchi o‘rinda turibdi. Yaponiya, Janubiy Koreya va Birlashgan Arab Amirliklari 188 ta yo‘nalish bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishgan.

Aprel oyida mamlakat ayni shu reytingda 72-o’rinni egallagan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryoda A-380 avtomobil yo‘lining 100 km qismini ta’mirlashga $350 mln sarflanadi
/
Qashqadaryoda A-380 avtomobil yo‘lining 100 km qismini ta’mirlashga $350 mln sarflanadi
Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
/
Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi
/
Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi