17.3.2025 | 18:21
“Xonadon taomlar” kompaniyasi “Stargate Systems” ning 86,2% ulushlarini sotib oldi
Raqobat qo‘mitasi tahlili bozorda raqobatga ta’sir qilmasligini ko‘rsatgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Xonadon taomlar” MCHJning “Stargate Systems” MCHJning 86,2% ulushlarini olish bo‘yicha arizasi qanoatlantirildi.
“Xonadon taomlar” MCHJ restoran va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
“Stargate Systems” MCHJ esa ko‘ngil ochish va dam olish bog‘lari faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ