Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
Bu tashabbus Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi
Фото: пресс-служба президента
Yangi ishga tushirilgan Boku—Tbilisi—Kars temir yoʻlini barpo etilayotgan Xitoy—Qirgʻiziston— Oʻzbekiston temiryoʻl magistrali bilan bogʻlash masalasini oʻrganish taklif etildi. Bu masala 3-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirokida muzokaralarda ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev va Irakliy Kobaxidze dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Davlat rahbari uchrashuv avvalida Oʻzbekiston prezidentining Gruziyaga 20 yildan ortiq davrda birinchi marta amalga oshirilayotgan ushbu davlat tashrifi Oʻzbekiston – Gruziya munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Tomonlar hukumatlar, parlamentlar, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi faol aloqalarni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligini taʼkidladi.
Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari
Oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $270 mlnni tashkil etdi, joriy yil boshidan buyon esa $100 mlndan oshdi. Yaqin yillarda ushbu koʻrsatkichni $1 mlrdga yetkazish, savdodagi nomutanosiblikni bartaraf etish, sanoat koʻrgazmalarini oʻzaro oʻtkazish orqali ikki mamlakat oʻrtasida talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni yetkazib berish hajmini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
O‘zbekiston yuklarini tashishda Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan faol foydalanish choralariga alohida eʼtibor qaratildi. Gruziyada logistika xabini, unda esa sanoat zonasi va Oʻzbekiston mahsulotlari uchun shourum tashkil etish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.
Shavkat Mirziyoyev (Ozarbayjon, Gruziya, Turkiyani bog‘lovchi)Boku—Tbilisi—Kars temiryoʻli ishga tushirilganini olqishladi. Uni barpo etilayotgan Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temiryoʻl magistrali bilan bogʻlash masalasini oʻrganish taklif etildi.
Sanoat kooperatsiyasi hamkorlikning alohida ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilandi. Kuni kecha oʻtkazilgan qoʻshma biznes forumi natijalariga yuksak baho berildi. Uning yakunlari boʻyicha 2027-yilgacha moʻljallangan Kooperatsiya dasturi imzolandi.
Qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika va energetika tarmoqlari, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va development, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari, raqamli bank hamda turizm sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Loyihaviy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshma Investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish taklif qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ