O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha uzaytirdi

Shuningdek, ro‘yxatga Yaqin Sharqning oltita yangi davlati ham kiritilgan

O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha uzaytirdi

Xitoy fuqarolari endilikda O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu 21-oktabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarorida qayd etilgan.

Hujjatda, shuningdek, yana olti davlat fuqarolari va fuqaroligiga ega shaxslarga 30 kunlik vizasiz kirish tartibi joriy etildi. Ular orasida Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, Ummon va Saudiya Arabistoni bor. Shu bilan birga, Gonkong aholisi uchun avvalgi — 7 kunlik vizasiz kirish tartibi saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, qaror bilan 15 davlat fuqarolari uchun xizmat (biznes) vizalarini olish jarayoni soddalashtiriladi. Endilikda ularni rasmiylashtirish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolari uchun viza arizasini ko‘rib chiqish muddati 2 ish kunigacha belgilandi. Birlashgan Arab Amirliklari vakillari uchun esa 3 ish kuni ichida viza tayyorlanadi.

Eron va Pokiston fuqarolariga esa 3 ish kuni ichida viza beriladi. Bu tartib biznes, ilmiy doiralar va sayyohlik guruhlari uchun soddalashtirilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Zarur hollarda, qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi talab etilsa, bu muddat 10 kungacha uzaytirilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
/
Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
/
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi