O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi logistik qo‘shma korxona tashkil etildi

Korxona yuklarni konsolidatsiya qilish va “Xitoy – Markaziy Osiyo” yo‘nalishida multimodal tashuvlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi logistik qo‘shma korxona tashkil etildi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida “UTK International Logistics Co. Ltd” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” matbuot xizmati xabar bermoqda.

10-iyul kuni Pekin shahrida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Xinjiang Union of Railway International Logistics Co. Ltd” o‘rtasida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov, Urumchi shahar xalq hukumati meri o‘rinbosari Xou Yong, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z.G’. Narzullayev, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruvi raisi M.K. Mirxamidov ishtirok etgan.

“UTK International Logistics Co. Ltd” kompaniyasining ofisi Urumchi shahrida joylashib, korxonaning asosiy faoliyati yuklarni konsolidatsiya qilish, Xitoy tomonidan subsidiyalar jalb etish hamda “Xitoy – Markaziy Osiyo” yo‘nalishi bo‘yicha multimodal tashuvlarni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.

Tashkiliy jarayonlar yakunlangach, kompaniya qisqa fursat ichida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi konteyner poyezdlarini jo‘natishni boshlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi