O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi

Tomonlar 2027-yilgacha kadrlar tayyorlash va ilmiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi

O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi

O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada umumiy qiymati $130 mln bo‘lgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda o‘tkazilgan hukumatlararo quyi qo‘mita yig‘ilishida O‘zbekiston tomonidan vazir o‘rinbosari Marat Jurayev va Xitoy Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Chjan Chjili ishtirok etdi. Uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tomonlar aholining kambag‘allik omillarini aniqlashga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishga kelishdi. Shuningdek, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, uning doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Xitoyda malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirildi.

Alohida e’tibor Xitoy va FAO hamkorligidagi $130 mlnlik maqsadli fond mablag‘larini o‘zlashtirishga qaratildi. Ushbu mablag‘lar qishloq xo‘jaligida tajriba maydonlari va namoyish loyihalarini yaratishga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, Xitoy tomoni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovni 26–28-may kunlari o‘tkaziladigan xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qildi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni mustahkamlovchi protokolni imzoladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam oladi
/
O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam oladi
UzNIF IPOsidan tushgan qariyb $600 mln korxonalarni modernizatsiyaga yo‘naltiriladi
/
UzNIF IPOsidan tushgan qariyb $600 mln korxonalarni modernizatsiyaga yo‘naltiriladi
Bozorni o‘zgartirayotgan brendlar: Brand Awards International 2026 yakunlari
/
Bozorni o‘zgartirayotgan brendlar: Brand Awards International 2026 yakunlari